O‘TKIR YUQUMLI ICHAK KASALLIKLARIDAN EHTIYOT BO‘LING!

🦠 O‘tkir yuqumli ichak kasalliklari ifloslangan suv va oziq-ovqat mahsulotlari orqali yuqadi hamda sog‘liq uchun jiddiy xavf tug‘diradi.
Kasallik belgilari:
🔹 Ich ketishi
🔹 Qusish
🔹 Qorin og‘rig‘i
🔹 Tana haroratining ko‘tarilishi
🔹 Holsizlik va suvsizlanish
Kasallikning oldini olish uchun:
✅ Qo‘llarni sovun bilan tez-tez yuving
✅ Faqat qaynatilgan yoki toza ichimlik suvidan foydalaning
✅ Meva va sabzavotlarni yaxshilab yuving
✅ Tez buziladigan mahsulotlarni to‘g‘ri saqlang
✅ Ko‘cha va noma’lum joylardan oziq-ovqat xarid qilmang
⚠️ Kasallik alomatlari kuzatilganda o‘zbilarmonlik bilan davolanmang, darhol shifokorga murojaat qiling.
Sog‘lig‘ingizni asrang — gigiyena qoidalariga rioya qiling!