
Changli havo organizmga zarar
🔰Changli havo nafas yo‘llari (bronxit, pnevmokonioz), yurak-qon tomir tizimi va ko‘zlarga jiddiy zarar yetkazadi. Mayda zarrachalar yo‘tal, nafas qisishi, tomoq og‘rig‘i va allergik reaksiyalarni keltirib chiqaradi.
✅Changli havoning asosiy xavflari:
Nafas yo‘llari kasalliklari: Chang o‘pkaga chuqur kirib, surunkali bronxit, astma va pnevmokonioz kabi kasalliklarni qo‘zg‘atadi.
✅Yurak-qon tomir tizimi: Havodagi mayda chang zarrachalari qon aylanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, yurak xuruji xavfini oshiradi.
✅Ko‘z va teri allergiyasi: Chang ko‘zning qizarishi, qichishi va terining allergik reaksiyalariga sabab bo‘ladi.
✅Umumiy immunitetning pasayishi: Changli havoda doimiy bo‘lish organizmni toliqtiradi va zararli moddalar bilan zaharlaydi.
Himoyalanish choralari:
✅Niqob taqish: Tashqariga chiqqanda tibbiy niqob yoki respiratorlardan foydalaning.
Uy ichini tozalash.