BOLALAR OʻRTASIDA MENINGITNI OLDINI OLISH

BOLALAR OʻRTASIDA MENINGITNI OLDINI OLISH
🧠Bu bosh miya va orqa miya pardalarining yallig‘lanishi bo‘lib, bolalar uchun juda xavfli kasallik hisoblanadi.
1⃣. Emlash (eng muhim chora)
Bolalarni o‘z vaqtida emlash zarur
Ayniqsa quyidagi infeksiyalarga qarshi vaksinalar muhim:
meningokokk
pnevmokokk
gemofil infeksiyasi (Hib)
2⃣. Shaxsiy gigiyenaga rioya qilish
Qo‘llarni tez-tez sovun bilan yuvish
Boshqalarning idish-tovoqlaridan foydalanmaslik
3⃣. Kasallanganlardan himoyalanish
Shamollagan yoki infeksiyali odamlar bilan yaqin aloqani cheklash
Bog‘cha va maktablarda kasallik aniqlansa, vaqtincha izolyatsiya qilish
4⃣. Immunitetni mustahkamlash
To‘g‘ri va muvozanatli ovqatlanish
5⃣. Belgilar paydo bo‘lsa, darhol shifokorga murojaat qilish
Quyidagi alomatlar xavfli hisoblanadi:
yuqori isitma
kuchli bosh og‘rig‘i
qayt qilish
bo‘yin qotishi

👉 Bu belgilar kuzatilsa, darhol shifokorga murojaat qilish kerak.