JAMOAT XOJATXONALARIGA QO’YILADIGAN GIGIENA TALABLARI HAQIDA

JAMOAT XOJATXONALARIGA QO’YILADIGAN GIGIENA TALABLARI HAQIDA

🚺Aholi gavjum bo‘lgan joylarda joylashgan jamoat hojatxonalari kundalik hayotimizning ajralmas qismiga aylangan. Ular ko‘pchilik e’tibor bermaydigan, biroq jamoat salomatligi, sanitariya osoyishtaligi va ekologik barqarorlik uchun nihoyatda muhim bo‘lgan infratuzilma obyektlaridan biridir.
✅Jamoat hojatxonalarining tozaligi, texnik holati va ulardan oqilona foydalanish darajasi jamiyatda sanitariya madaniyati qanchalik shakllanganini yaqqol namoyon etadi.
✅ Amaldagi sanitariya qoidalari va me’yorlariga ko‘ra, jamoat hojatxonalari aholiga qulay, xavfsiz va gigiyenik jihatdan talabga javob beradigan holatda bo‘lishi shart. Ularning joylashuvi tasodifiy tanlanmasligi, oziq-ovqat savdosi amalga oshiriladigan hududlardan, ichimlik suvi manbalaridan ma’lum masofada bo‘lishi, shuningdek, harakatlanishi cheklangan shaxslar uchun ham foydalanishga moslashtirilgan bo‘lishi lozim. Bu talablar nafaqat qulaylik, balki sanitariya xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining 2025-yil 29-iyuldagi 0100-25-sonli SanQvaNga muvofiq jamoat hojatxonalarini quyidagi joylarda qurish lozim:

🚹 jamoat binolarida, yer usti yoki yer osti inshootlarida, harakatlanadigan avtofurgonlarda, maydonlar, avtomagistrallar, sayyohlik marshrutlari, avtomobil yo‘llarining yirik chorrahalarida, vokzal, avtovokzal, aeroport, metro, temir yo‘l stansiyalari, madaniy-ko‘ngilochar va sport inshootlariga tutash hududlarda, shahar atrofi va shahar ichidagi istirohat bog‘lari, xiyobonlar, savdo markazlari, dehqon bozorlari va ko‘ngilochar markazlar hududida, yarmarkalar, madaniy-ommaviy va sport tadbirlari o‘tkaziladigan joylarda, stadionlar, plyajlar, suv sporti inshootlari, suzish havzalarida, madaniy-ommaviy obyektlar, kinoteatr, madaniyat markazlari, kutubxona va galereyalarda, moddiy madaniy meros hamda sayyohlik yo‘nalishi obyektlarida, barcha turdagi yoqilg‘i quyish shoxobchalari va umumiy ovqatlanish korxonalarida, maishiy xizmat ko‘rsatish obyektlarida, savdo do‘konlarida, 25 tadan ortiq avtomobillar to‘xtash joylarida.