🧂Osh tuzi yodlangan bo‘lishi shart — bu talab dunyoning ko‘plab mamlakatlarida amalda. 🌏JSST ma’lumotlariga ko‘ra, Yer yuzi aholisining 1/3 qismi organizmda yod tanqisligiga duchor bo‘lgan, ularning 31 foizi maktab yoshidagi bolalar. 

(https://nativenetwork.uz/)
✅Yod tanqisligi tug‘ma kasalliklar darajasini oshirishi, homila va chaqaloqlarda miyaning qaytarilmas shikastlanishi, intellektual salohiyatning pasayishiga ham olib kelishi mumkin.
✅Sifatli osh tuzining qadog‘ida quyidagilar aks etgan bo‘lishi kerak:
— ishlab chiqargan tashkilot nomi;
— tovar belgisi va mahsulot nomi;
— uning navi va yanchilish darajasi;
— ishlab chiqarilgan sanasi,
— normativ hujjat nomi,
— yaroqlilik muddati,

✅Osh tuzining saqlanish harorati 28 darajadan oshmasligi lozim.
Biroq JSST organizmdagi moddalar almashinuvini me’yorlashtirish uchun yodlangan osh tuzining kunlik iste’molini bir choy qoshiq — 5 grammdan oshirmaslikni tavsiya qiladi.