
Yod nima uchun kerak? Yod organizm uchun muhim element hisoblanadi.
U qalqonsimon bez gormoni bo‘lgan tiroksin ishlab chiqarishda ishtirok etadi.
📝Yod tanqisligidan kelib chiqadigan kasalliklar Yod tanqisligida tiroksin gormoni ishlab chiqarilishi buziladi, natijada rivojlanish sekinlashadi. Homiladorlik davrida yod tanqisligi homila o‘limiga, miya tuzilmalarida qaytarilmas o‘zgarishlarga, asab tizimining muammolariga olib kelishi mumkin. Bolalarda aqliy, kognitiv qobiliyatlar buziladi, endemik bo‘qoq, gipotireoz shakllanishi mumkin.
xotira buzilishi, beparvolik, zaiflik, atrofga befarqlik, soch to‘kilishi, sababsiz kilogramm ortishi, nafas qisilishi, ayollarda hayz davrining buzilishi.
Yodning ortiqcha miqdori ham xavfli ekanligini unutmaslik lozim.