Yod — inson organizmining me’yoriy faoliyati uchun lozim bo‘lgan element.

📗Ma’lumotlarga ko‘ra, har yili dunyoda 38 millionga yaqin bola yod tanqisligi xavfi bilan tug‘iladi. Qolaversa, bu modda yetishmasligi qalqonsimon bez va ovqat hazm qilish organlari faoliyati bilan bog‘liq turli jiddiy kasalliklarni keltirib chiqaradi,tirnoqlarning tabaqalanishi, soch to‘kilishi, teri quruqlashuvi, uyquchanlik, charchoq ham organizda yod taqchilligi alomatlaridandir.
🌎Mamlakatimizda yodlangan osh tuzi “Aholi o‘rtasida mikronutriyent yetishmasligi profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonun asosida ishlab chiqariladi.
🧂 Osh tuzi tarkibida yod miqdori tonnasiga 40 gramm miqdorda bo‘lishi belgilab qo‘yilgan.
Sifatli osh tuzining qadog‘ida ishlab chiqargan tashkilot nomi, tovar belgisi, mahsulot nomi, uning navi va yanchilish darajasi boʻlishi kerak.
🧂Osh tuzlarining saqlanish harorati 28 darajadan oshmasligi lozim.