Sariosiyo tumani san epid boʻlimi mutaxassislari tomonidan boʻlimning tegishli buyrugʻi asosida  tuman JOME MASJIDLARIning sanitariya holati va suv xavfsizligi oʻrganildi.

✅Tumanning masjidga boruvchi fuqorolari  uchun xavfsiz sharoitlar yaratish hamda yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olish maqsadida
1⃣Masjidlardagi ichimlik suvi tarmoqlaridan laboratoriya tekshiruvi uchun namunalar olindi va yakuniy laboratoriya xulosalari tez orada masjid ma’muriyatiga taqdim etiladi.
2⃣Masjid binolari, tahoratxonalar va umumiy foydalanish joylarining tozaligi hamda sanitariya-gigiyena vositalari bilan ta’minlanganlik darajasi oʻrganilishi davom etmoqda.