O’ta xavfli yuqumli kasalliklar laboratoriyasi
Yakkabog’ tuman O`ta Xavfli Yuqumli Kasalliklar laboratoriyasi O`zbekiston Respublikasining davlat sanitariya nazorati xaqidagi qonuniga va sanitariya epidemiologiya stansiyalari xaqidagi nizomga muvofik faoliyat ko`rsatadi.
Laboratoriya shtati mavjud buyruqlar asosida 2-3 darajali SESlarning bo`linmalari bo`lib xisoblanadi. Laboratoriya ishini boshqarish Bosh vrachning epid ishlar bo`yicha muovini tomonidan epidemik vaziyatni xisobga olgan xolda boshqa bo`limlar ishi bilan muvofiklantirib olib boriladi. Lavozimlik ko`rsatmalarini Bosh vrach tasdiqlaydi.
-O`XYUK laboratoriyasini Nazorat Markazi Bosh vrachi tomonidan tayinlanadigan mudir (vrach-bakteriolog) boshqaradi.
-O`XYUK laboratoriyasi O`xyuk bo`limining tuzilish bo`linmasi xisoblanib, ish faoliyatida O`XYUK bo`limining mudiriga va Bosh vrachning epid ishlar bo`yicha muoviniga bo`ysunadi.
-O`XYUK laboratoriyasi ish faoliyatida to`g`ridan-to`g`ri Bosh vrachning epid ishlar bo`yicha muoviniga bo`ysunadi, xamda O`XYUK bo`limi bilan chuqur bog`lanishli bo`lib, bakteriologik tekshiruvlar natijalarini va xisobotlarni o`z vaqtida beradi.
-O`XYUK laboratoriyasining ish faoliyati SSVning buyruqlari ko`rsatma va qo`llanmalariga amal qilgan xolda O`XYUK bo`limi, epidemiologiya sohasi bo`yicha ilmiy-tekshirish institutlari, maxalliy UKK muassasalari, veterinariya xizmati va boshqa tashkilotlar ishlari bilan muvofiqlashtirib olib boriladi.
-O`XYUK laboratoriyasi vrach bakteriologlari va laborantlari maxsus tayyorgarlikdan o`tishlari shart.
-O`XYUK laboratoriya shtatlari O`zbekiston Respublikasi SSVning mavjud farmoyish va buyruqlari asosida belgilanadi. Shtatlar ro`yxatiga o`zgartish kiritish, shuningdek O`XYUK laboratoriyasini tarqatib yuborish, yoki yangisini tuzish faqat SSVning ruxsati bilan amalga oshiriladi.
Atrof-muxitni sog`lomlashtirishga qaratilgan tadbirlar asosida O`ta xavfli yuqumli kasalliklarning laboratoriya tashxisini ta’minlash.
-Vaboning epidemik nazoratini olib borish va o`ta xavfli kasalliklarni kamaytirish maqsadida zamonaviy usuldagi diagnostik tekshiruvlar o`tkazishni ta’minlash,
-O`XYUK laboratoriyasi xodimlarining bilimi va moddiy-texnika bazasini mustaxkamlash bo`yicha tadbirlar ishlab chiqarish.
3.Amaliy ishlar.
-Yillik ish rejalarini tuzish va profilaktikalik tadbirlarning kelajak rejalarni tuzishda ishtirok etish.
-Belgilangan tartib bo`yicha oylik, chorak, yarim yillik xisobotlar to`plash va taxlil qilish.
-Tumanda O`XYUK laboratoriyalik diagnostikasi bo`yicha laboratoriyalar xizmatini o`rganib chiqib, sanepid kengashlarga, laboratoriya kengashlariga ma’lumotlar, xamda maxalliy SESlarga axborot va ma’lumotnomalar tuzish.
-Ozuka-muxitlar, bakpreparatlar, ximiyaviy moddalar, shisha idishlar, spirt, biotajriba xayvonlari, apparaturalar olishga buyurtma tuzish va bajarilishini nazorat qilish.
-O`XYUK diagnostikalik va profilaktik tekshiruvlarini o`tkazish, ajratilgan shtamlarni o`z vaqtida ResSESga jo`natilishini nazoratga olish.
-Tekshiruvlar uchun namunalarning to`g`ri olinib yetkazilishini nazorat qilish.
-Tashqi muhit jarayonidan olinadigan namunalarning yetkazilish rejasining bajarilishini nazorat qilish.
-O`XYUK tekshiruvlarida ishlatiladigan ozuq muxitlarning o`stirish qobiliyatlarini aniqlash.
-Mudofaa vazirligi qaramog`ida o`tkaziladigan 1-2 gurux infeksiyalar qo`zg`atuvchilarini identifikatsiyalash bo`yicha ishlarda barcha O`XYUK laboratoriyalari ishtirok etadi.
4.O`XYUK laboratoriyasining xuquqlari.
— O`XYUK laboratoriyasi o`z faoliyati davomida mavjud qonunlarda ko`zda tutilgan DSENM boshqa tarkibiy qismlariga xam birday tegishli bo`lgan xuquqlardan foydalanadi.