O’RVIni oldini olishda nimalarga e’tibor berish kerak?

✅O‘tkir respirator virusli infeksiyalar (O’RVI) ayniqsa kuz-qish mavsumida tez tarqaladi.

✅Kasallikdan himoyalanish uchun quyidagi oddiy, ammo samarali qoidalarga amal qiling.

✅Qo‘llarni tez-tez yuvish — sovun bilan kamida 20 soniya.

✅Niqob taqish — gavjum joylarda himoya vositalaridan foydalaning.

✅Masofa saqlash — kasallanganlardan kamida 1–1,5 metr uzoqda bo‘ling.

✅Xonalarni shamollatish — uy va ish joyini tez-tez havodan tozalang.

✅Immunitetni mustahkamlash — vitaminlarga boy meva-sabzavot iste’mol qiling, yetarlicha uxlashga va jismoniy faollikka ahamiyat bering.

✅Yo‘tal va aksirish odobi — og‘iz-burunni salfetka yoki tirsak bilan yoping.

✅Kasallangan bo‘lsangiz uyda qoling — boshqalarga yuqtirmaslik uchun.