MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARINING OSHXONALARIGA QO’YILADIGAN GIGIENIK TALABLAR
✅Ta’lim (https://m.aniq.uz/uz/talim) muassasalarida o‘quvchilar o‘rtasida yuqumli kasalliklarning kelib chiqishi va tarqalishining oldini olish maqsadida xodimlar tomonidan shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilinishi uchun oshxonada sharoitlar yaratilishi kerak.
🍲Ovqatlanish oshxonalarida xodimlar uchun mo‘ljallangan maxsus ish kiyimlarini markazlashgan holda yuvishni tashkil qilish zarur.
😷Shamollash yoki oshqozon-ichak kasalliklari bezovta qilganda, o‘z oilasida ichak infeksiyalari bilan xastalanish qayd etilgan barcha holatlarda, shuningdek yiringli yaralar, kesilishlar, kuyishlar haqida ishchi ma’muriyatni ogohlantirishi kerak va tibbiy yordam uchun murojaat qilishi lozim.
✅Ichak infeksiyalari, terining yiringlashi, yuqori nafas yo‘llarining yallig‘lanish kasalliklari bo‘lsa, biror joyi kuygan yoki kesilgan bo‘lsa, vaqtincha ishga qo‘yilmaydi.
Faqat sog‘ayganidan so‘ng, tibbiy ko‘rik va shifokor xulosasiga qarab qayta ishlashga ruxsat beriladi.
👩🍳Oshxona birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish uchun dori qutisi bilan ta’minlanishi zarur.
🧑🍳Bundan tashqari, oshxona ishchi-xodimlari tibbiy ko‘rikdan o‘tgan va zarur hollarda “Sanitariya minimumi” o‘quv kurslarida o‘qigan bo‘lishlari lozim.
✅Kunlik ish jarayonidan so‘ng yuvuvchi va zararsizlantiruvchi vositalarning ta’sir foizidan to‘g‘ri foydalanilgan holda tozalash ishlarini olib borish shart.
Tez aynuvchi va tez buziluvchi, pishgan va xom oziq-ovqat mahsulotlarini vaqtinchalik saqlash uchun sovutkichlar yetarli tashkil etilishi kerak.
Kunlik tayyorlanadigan barcha yeguliklardan kunlik namunalar 24 soat davomida sovutkichlarda saqlanishi zarur.