Maktabgacha ta’lim tashkilotida rejali nazorat ishlari amalga oshirildi.

Maktabgacha ta’lim tashkilotida rejali nazorat ishlari amalga oshirildi.

📝Sariosiyo tumani san epid  bo’limi xodimlari tomonidan tumandagi 35-sonli MTTda sanitariya qoida va me’yorlari talablari ijrosi yuzasidan o’rganish ishlari olib borildi.

🔎O’rganish ishlari davomida MTT  ishchi xodimlarning o’z vaqtida tibbiy ko’rikdan o’tganlik xulosalari, tibbiyot xonasi hamda birinchi yordam uchun tashkil qilingan dori-darmonlar mavjudligi ko’zdan kechirildi.

Shuningdek, tarbiyalanuvchilar uchun mo’ljallangan kiyinish xonasida joriy tozalik ishlarining olib borilishi, jihozlarning sozligi, toza qo’llar boʻyicha  hojatxonalarda gigiyena qoidalariga rioya qilinishi hamda qo’l yuvish moslamalari, oqava suv tizimining soz holatdaligi o’rganildi.