🔈 Yosh mutaxassislar uchun imkoniyat: Germaniya va Niderlandiyada “One Health” yozgi maktabi
🔰 “Iqlimga sezgir yuqumli kasalliklar va tabiatga asoslangan yechimlar bo‘yicha One Health yondashuvlari” mavzusidagi xalqaro yozgi maktabga arizalar qabuli ochildi.
📆Sanalar: 2026-yil 17–28-avgust
📍 Manzil: Rotterdam (Niderlandiya) va Haydelberg (Germaniya)
💠 Dastur quyidagi yo‘nalishlarga bag‘ishlangan:
☑️ Iqlim o‘zgarishiga sezgir yuqumli kasalliklar
☑️ Iqlim o‘zgarishi va sog‘liq uchun xavflar
☑️ Tabiatga asoslangan yechimlar
☑️ Inson, hayvonlar va atrof-muhit o‘rtasidagi hamkorlik (sektorlararo yondashuv)
💬 Ishtirok etishga taklif etiladi: magistrantlar, doktorantlar (PhD), hamda yosh mutaxassislar.
👥 Jami 30 ta o‘rin, tanlov asosida qabul qilinadi.
⏳ Ariza topshirish muddati: 2026-yil 1-mart
‼️ Bu Markaziy Osiyodagi yosh mutaxassislar uchun xalqaro aloqalarni kengaytirish va One Health yo‘nalishida dolzarb bilimlarga ega bo‘lish uchun ajoyib imkoniyatdir.
🔗 Batafsil ma’lumot: https://onehealthsummerschool.eu/
⚡️ Sanepidqo’mita Axborot xizmati