Gepatit B ning oldini olish.

🔶Gepatit B — jigarni zararlaydigan xavfli virusli infeksiya. Uning oldini olishning eng samarali usuli — vaksinatsiya. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar 24 soat ichida, keyin esa belgilangan grafik asosida emlanishi shart.
👏Shaxsiy gigiyenaga rioya qilish ham muhim: bir marta ishlatiladigan shpris, steril asboblar, shaxsiy soqol oluvchi buyumlardan umuman foydalanish mumkin emas.
🩸Qon bilan bog‘liq muolajalar (tatuirovka, pirsing, stomatologiya) faqat sanitariya talablariga rioya qilinadigan joylarda amalga oshirilishi kerak.
🔍O‘z vaqtida tekshiruvdan o‘tish, xavf guruhidagi shaxslarning profilaktik nazorati va emlanish holatini yangilab borish gepatit B tarqalishini sezilarli kamaytiradi.