
Bozor hududida tozalik sogʻlik garovi.
Sariosiyo tumani Sanepid bo’limi xodimlari tomonidan 👉 » Aholi sanitariya epidemiologik osoyishtaligi to’g’risida»gi,👉» Oziq-ovqat maxsulotlari sifati va xavfsizligi to’g’risida»gi ,
👉»Aholi salomatligini himoya qilish to’g’risida»gi
qarorlar ijrosini ta’minlash maqsadida hududdagi faoliyat ko’rsatayotgan Sariosiyo dehqon bozorida sanitariya nazorati olib borildi.
👉Bozor hududida radio uzel orqali Yuqumli kasalliklar profilaktikasi tõgrisida radio eshittirishlar õqildi.
⚡️Dehqon bozorni sanitariya texnik holatini yaxshilash, bozorlar, avtomobil yo’l bo’ylari, aholi gavjum joylarida sanitariya qoidalariga rioya qilmasdan oziq-ovqat mahsulotlarini sotilishini oldini olishni doimiy nazorat qilish, aholi o‘rtasida yuqumli oshqozon-ichak kasalliklari, ovqatdan zaharlanish xolatlari kelib chiqishini oldini olish maqsadida sanitariya targ’ibot ishlari o’tkazildi.