Bolalar harakatchan boʻladi. Qolaversa, organizmning oʻsib-ulgʻayishi uchun quvvat, yaʼni ozuqa kerak. Shu sababli oʻgʻil-qizlar tez ochqaydi. Ayniqsa, maktab davrida! Biroq bunday pallalarda kichkintoylar duch kelgan mahsulotlarni isteʼmol qilib ketavermasligi zarur. Ularning turi, sifati, tarkibi va miqdori doimo nazoratda boʻlishi shart . “Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional taʼlim muassasalarida oʻquvchilar ovqatlanishini tashkil etishning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari”da umumtaʼlim muassasalarida oʻquvchilar isteʼmol qilishi mumkin boʻlgan asosiy oziq-ovqat mahsulotlari assortimenti ham belgilangan. Ular quyidagilardan iborat: 🥩🍖Goʻsht va goʻsht mahsulotlari: ▶️I kategoriyali mol goʻshti, buzoq goʻshti, yogʻsiz qoʻy goʻshti (haftada 1-2 martadan koʻp emas), parranda goʻshti, kurka, quyon goʻshti, baliq, tovuq tuxumlari omlet yoki qaynatilgan holda. 🥛🍶Sut va sut mahsulotlari: ▶️sut (2,5%, 3,2%, 3,5% yogʻlilik darajasi), pasterizatsiyalangan, sterillangan, quruq; quyultirilgan sut (toza va shakar aralashtirilgan holda), quyultirilib-pishirilgan sut; tvorog (yogʻlilik darajasi 9% va 18%li; agar yogʻlilik darajasi unchalik baland boʻlmasa — 0,5% li); oʻtkir boʻlmagan turdagi pishloq (qattiq, yumshoq, eritilgan, ziravorlarsiz kolbasa turdagi); termik qayta ishlanganidan soʻng qaymoq (10%, 15%, 30% yogʻlilik darajasi); kefir (qattiq); yogurtlar (termik ishlov berilmagan — tabiiy, sutli va qaymoqli turlari maʼqul); qizaribroq ivigan qatiq (ryajenka), qatiq, bifidok va boshqa sut mahsulotlari; qaymoq (yogʻlilik darajasi 10%, 20% va 30%). Oziq-ovqat yogʻlari: ▶️sariyogʻ; oʻsimlik yogʻi (kungaboqar, faqat dogʻlangan paxta yogʻi); salatlarga, vinegretlar, seld baligʻi, ikkinchi taomlar salat yogʻi; margarin pishiriqlar uchun; qovurish uchun cheklangan (faqat oliy navlar); 🥮🥧Qandolatchilik mahsulotlari: ▶️konfetlar (zefir, qiyom, marmelad maʼqul), shokolad haftasiga bir martadan oshmasligi kerak; qotirilgan kulcha non (galeta), pishiriq, kreker, vafli, keks (taʼm beruvchi moddalarsiz); pishiriqlar, tortlar (uvalanadigan xamirli va biskvitli, kremsiz); qiyom, murabbo, povidlo, korxonada qadoqlangan asal; 🥔🫑Sabzavotlar: ▶️kartoshka, karam, gulkaram, sabzi, lavlagi, bodring, pomidor, qovoqcha (kabachki), kulchaqovoq (patisson), piyoz, chesnok (kichik maktab yoshidagi bolalar uchun cheklangan miqdorda), petrushka (kashnichsimon koʻkat), shivit, selderey (kashnichsimon oshkoʻk), tomat pastasi, tomat-pyure. 🍎🍒Mevalar: ▶️olma, nok, olxoʻri, uzum, va bananlar; har kimning isteʼmol qila olish qobiliyatiga qarab sitrusli (apelsin, mandarin, limon); quritilgan mevalar; 🫘🥜Dukkaklilar: ▶️noʻxat, loviya, soya, mosh. 🥤🧋Sharbat va ichimliklar: ▶️ mahalliy tabiiy va import sharbatlar, ishlab chiqarilgan ichimliklar (oqartirilgan va quyqali), imkon qadar kichik qadoqda; konservantlarsiz va qoʻshimcha moddalarsiz ishlab chiqarish turidagi vitaminli ichimliklar; kakao, choy; ichimlik suvi. 🥫Konservalar: ▶️goʻshtli konserva; konserva ovqatlari (goʻshtli suyuq ovqat (rassolnik), mol goʻshtli karam shoʻrva, mol goʻshtli grechka kabi tabiiy mahsulotlar boʻlmaganda istisno tarzida); losos (qizil goʻshtli baliq); sharbatlar, meva boʻlaklari, baqlajon va qovoqcha ikrasi; sterillangan pomidor va bodringlar, non, yorma, makaron mahsulotlari — barcha turlari cheklanmagan miqdorda tavsiya etiladi. ⚡️ Sanepidqo’mita Axborot xizmati
‼️Gripp to‘satdan boshlanib, bir necha soatda bemorda isitma, yo‘tal (odatda quruq), bosh og‘rig‘i, mushaklar va bo‘g‘imlarda og‘riq, zaiflik, tomoq yallig‘lanishi va burun oqishi paydo bo‘ladi.
🔹Virus asosan havo tomchilari orqali yuqadi va shu sababli maktab, maktabgacha ta`lim tashkiloti, idoralar va boshqa odamlar gavjum joylarda tez tarqaladi. Kasallik ko‘pincha yo‘talganda, aksirganda bemordan boshqaga o‘tadi, shuningdek, qo‘l siqish orqali ham yuqish ehtimoli bor.
Grippning oldini olishning bir necha yo‘li mavjud, jumladan:
❇️ Kasallikka qarshi emlanish;
❇️ kasal odamlar bilan aloqa qilishdan saqlanish;
❇️ kasallikning har qanday belgilari kuzatilganda, uyda qolish;
❇️ aksirish paytida va yo‘talayotganda og‘iz va burunni ro‘molcha bilan berkitish;
❇️ imkon qadar qo‘llarni sovun bilan yuvish;
❇️ agar buning imkoni bo‘lmasa, antiseptik vositalardan foydalanish;