“Mahallabay” ishlash dasturi amalda

Sariosiyo tuman san epid boʻlimi xodimlari tomonidan “Nodirabegim” MFY Ro’dakiy ko’chasi hududida “Mahallabay” ishlash dasturi asosida aholi xonadonlarida o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Oʻrganishlar davomida aholiga yuqumli kasalliklar profilaktikasi, davolanish haqida tushunchalar berildi.

Shuningdek,  aholiga “Toza qoʻllar” dasturining mohiyati, qoʻllarni toza saqlash, shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilish boʻyicha tavsiyalar berildi.