
🔰Qizamiqning belgilari qanday?
1-3-kunlar orasida: yengil yoki yuqori isitma, quruq yo’tal, burun va ko’zlarda qizarishlar.
4-8-kunlar oralig’ida: Yuqori isitma (39°-40 °C). Toshma quloq orqasidan yuzga, so’ngra qo’l va oyoqlarga tarqaladi. Bir muncha vaqt o’tgach, u bir xil tartibda yo’qolishi va o’z o’rnida vaqtinchalik rang o’zgarishini qoldirishi mumkin.
Ko’z konyunktivasining (koʻzning oq qismini qoplaydigan membrana) yalligʻlanishi paydo bo’lishi mumkin. Ko’zlar yorug’likka sezgir bo’lib qoladi.
🔶Qizamiq boshqa kasalliklarga olib kelishi mumkinmi?
Qizamiq infektsiyasi sil infektsiyasining qayta faollashishiga, pnevmoniyaga, bo’yin limfa tugunlarining yallig’lanishiga, o’rta otit (oʻrta quloqning yalligʻlanish), va miyaning yallig’lanishiga olib kelishi mumkin.