
Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida Oʼzbekiston Res.SSVning 2015-yil 25-martdagi 121-sonli “Respublikada parazitar kasalliklar profilaktikasi boʼyicha chora- tadbirlarni takomillashtirish toʼgʼrisida”gi buyruqning ijrosini taʼminlash maqsadida Oʼzbekiston Respublikasi Sogʼliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʼmitasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi Sariosiyo tuman boʼlimi parazitologiya laboratoriyasi xodimlari tomonidan 27.03.2026-yil kuni Afrosiyob mahallasida joylashgan 6-sonli MTT tarbiyalanuvchilari oʼrtasida reja asosida gelmint tuxumlarini erta aniqlash maqsadida laboratoriya tekshiruvlari oʼtkazildi.