GEPATIT «A» NING OLDINI OLISH.

✅Infeksiyaning yuqish yo’llari
Kasallik qo’zg’atuvchi viruslar tashqi muhitga chidamli bo’lib, yuqori harorat ta’siridagina parchalanishi  mumkin.
✅ Kir qo’llar, gigiena talablariga mos kelmaydigan narsa-buyumlar, chang bilan qoplangan o’yinchoqlar bolaning qo’liga tushib qolgudek bo’lsa, barmoq terisiga o’rnashib qolgan viruslar og’iz orqali organizmga tushadi.
🔸🔸🔸🔸🔸🔸🔸🔸🔸🔸🔸🔸
Qanday himoyalanish kerak?

«Emlashning roli juda ham katta. Bundan fuqarolarimiz qo‘rqishi kerak emas, aksincha, to‘g‘ri talqin qilish kerak. Ko‘pchilikda yengil o‘tarkan, tuzalib ketarkan, emlamasa ham bo‘lar ekan, degan. Bu noto‘g‘ri, bir marta gepatit A’ga qarshi vaksina olgan odam 25 yilgacha kasallikni yuqtirmaydi. Bundan tashqari, Gepatit A bilan kasallangan odam ham emlanmaydi. Chunki unda kasallikka qarshi immunitet paydo bo‘ladi va u qaytda virus yuqtirmaydi».