
Qrim-Kongo gemorragik isitmasi o’ta xavfli yuqumli kasallik
✅Qrim-Kongo gemorragik isitmasi – kana chaqishi yoki infeksiyalangan hayvonlar bilan aloqa orqali yuqadigan xavfli virusli kasallikdir. Ushbu kasallikdan himoyalanish uchun quyidagi choralarni ko‘rish muhim!
❗️Oldini olish choralarini bilasizmi?
🪳Kana chaqishidan saqlaning:
✔️O‘rmon va dala hududlariga borganda ochiq rangli, uzun yengli kiyimlar kiying.
✔️Poyabzal va shim etaklarini mahkamlang, qo‘shimcha ravishda kana qarshi spreylardan foydalaning.
Kana chaqib olgan bo‘lsa:
✔️Kanani iloji boricha tezda olib tashlang.
✔️Kana chaqqan joyni antiseptik bilan tozalang va shifokorga murojaat qiling.
Qoramol, qo‘y, echki va boshqa chorva mollarini muntazam tekshiring va kanalarga qarshi ishlov bering.
✔️Qon yoki tana suyuqliklari bilan aloqa qilganda himoya qo‘lqop va niqob kiying.
✔️Issiqlik bilan ishlov berilgan (pishirilgan) mahsulotlarni iste’mol qiling.