
Sariosiyo tumani San Epid boʻlimi mutaxassislari tomonidan tumandagi 26-maktabda reja asosida sanitar nazorat va profilaktik tadbirlar o‘tkazildi.
✔️Maktabning o‘quv xonalari, oshxona, ichimlik suvi tizimi, hojatxonalar va umumiy foydalanish joylari ko‘zdan kechirildi.
✔️Sinfxonalar gigiyenik holati tekshirildi;
✔️Doimiy shamollatish va tozalash rejimlariga rioya qilinishi baholandi;
✔️Oʻquvchilar orasida gigiyena qoidalariga amal qilish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.
✔️O’quvchi va o‘qituvchilar o‘rtasida yuqumli kasalliklarning oldini olish, qizamiq va grippdan saqlanish bo‘yicha profilaktik tavsiyalar berildi.