Mutaxassislar salon xizmatlaridan foydalanishda quyidagi sanitariya talablari va sharoitlarga e’tibor qaratishni tavsiya etadi:
1️⃣Sanitariya sharoitlari
➡️ Xonada qulay harorat va yaxshi yoritish bo‘lishi lozim.
➡️ Devor, shift, pol va mebellar silliq bo‘lib, ularni nam tozalash hamda dezinfeksiya qilish oson bo‘lishi kerak.
2️⃣ Tozalik va yig‘ishtirish
Chiqindilar, kesilgan sochlar va iflos choyshablar faqat bir ish smenasi davomida maxsus joyda saqlanishi mumkin. Nam tozalash esa kuniga kamida ikki marta amalga oshirilishi lozim.
3️⃣Xodimlarning shaxsiy gigiyenasi
Sartarosh har bir muolajadan oldin qo‘lini yuvishi shart. Taroq, cho‘tka va qaychilar oqib turgan suvda yuvilib, dezinfeksiya yoki sterilizatsiya qilinishi kerak.
4️⃣Asboblarni dezinfeksiya qilish
Manikyur va pedikyur asboblari albatta dezinfeksiya va sterilizatsiyadan o‘tkazilishi lozim. Salonda sterilizator mavjudligiga e’tibor bering.
5️⃣ Ishjarayonidagi tozalik
Soch olish yoki bo‘yash vaqtida mijozga toza salfetka yoki bir martalik yoqa bilan fartuk yopilishi kerak. Kesilgan sochlar bo‘yin va yuzdan toza individual salfetka yoki paxta bilan olib tashlanadi. Agar cho‘tka ishlatilsa, u har bir mijozdan keyin dezinfeksiya qilinadimi — so‘rab ko‘rish mumkin.
6️⃣Kosmetik vositalarga oid hujjatlar
Mijoz ishlatilayotgan kosmetik vositalarning xavfsizligini tasdiqlovchi hujjatlarni so‘rash huquqiga ega. Bunday mahsulotlar sertifikat yoki muvofiqlik deklaratsiyasiga ega bo‘lishi va yaroqlilik muddati o‘tmagan bo‘lishi kerak.
⚠️ Sanitariya talablari buzilgan holatlar yuzasidan tegishli nazorat organlariga murojaat qilish mumkin.
⚡️ Sanepidqo’mita Axborot xizmati