Pnevmokokk infeksiyasi — pnevmokok qo`zg`atuvchilari keltirib chiqaradigan og`ir ko`rinishda
kechadigan kasalliklardir:
pnevmoniya ( o`pkaning yallig`lanishi ),
Pnevmokokk infeksiyasi xavo-tomchi yo`li bilan yo`talganda, aksirganda va yaqin muloqotda
Bo`lganda yuqadi, yuqumli kasallik manbai sog`lom odam, kasallikning yuqish inkubasion davri 1
kundan 3 kungacha.
Xavf osti guruxiga mansub» bolalarda pnevmokokk infeksiyasi og`ir ko`rinishda kechadi:
- 5 yoshgacha tez-tez kasallanuvchi va uzoq muddatga kasallanib, davolanayotgan bolalar
orasida ;
- yuqori nafas yo`llari, yurak-qon tizimi, buyrakning surunkali kasalliklari bilan
kasallanuvchi bolalarda;
- VICh-infisirlangan bolalarda pnevmokokk infeksiyasi bilan kasallanish oqibatida
50 foizgacha xolat nobud bo`lishga olib keladi;
- Immunodefisit xolatlar, qandli diabet bilan kasallangan bolalarda.
Pnevmokokk infeksiyasi bilan kasallanishning oldini olish omillari:
- qo`lni yuvish;
- 6 oygacha bolalarni ona suti bilan oziqlantirish ;
- xonalarning xavosini tez-tez almashtirish;
- kasallik ilk belgilari aniqlanganda tezda vrachga murojaat qilib, davolashni
O`tkazish.
Kasallik ilk belgilari paydo bo`lganda vrachga murojaat qilish kerak. Pnevmokokk kasalliklari
asosan meningitni davolash uchun narxi juda qimmatbaxo antibiotiklar ishlatiladi. Xozirgi vaqtda pnevmokokkning shtammlari antibiotiklarga chidamliligi kuzatilayapti.
Pnevmokokk kasalliklarini davolagandan ko`ra uning oldini olgan afzal xisoblanadi.
Pnevmokokk infeksiyasi bilan kasallanishning oldini olishda vaksinasiya katta axamiyatga ega.
Birinchi marotaba pnevmokokk vaksinasi bilan emlash 2000 yildan boshlab Amerika davlatida
O`tkazilgan va dunyo bo`yicha shu kunga qadar 265 million doza pnevmokokk vaksinasi bilan
bolalar emlangan. Xozirgi kunda amalda lanilayotgan vaksinalar pnevmokokk qo`zg`atuvchilari keltirib chiqaradigan og`ir kasalliklardan saqlaydi.
Pnevmokokk vaksinasi bilan emlash tufayli faqat og`ir kasalliklar bilan kasallanish emas,
balki asoratlardan- karlik, ko`rlik, gidrosefaliya, yuqori nafas yo`llarining surunkali
kasalliklaridan ximoyalanish mumkin.
Milliy emlash jadvaliga pnevmokokk infeksiyasiga qarshi emlash 2015yil noyabr oyidan
boshlab kiritildi xamda bolalarni ikki va uch oyligida pnevmokokk vaksinasi bilan emlash
amalga oshiriladi. Pnevmokokk vaksinasi xavfsiz, samarali va faol immunitet xosil qiladi.
O`zbekiston Respublikasida profilaktik emlashlar kalendari
Yoshi | Emlash turi |
1 sutkada | VGV |
2-3 kun | OPV-0+BSJ-1 |
2 оylik | OPV-1, Rota-1(Rotovirus vaksinasi og`iz orqali),penta-1(AKDS-1, VGV-2, XIB-2), pnevmo-1 |
3 оylik | OPV-2, Rota-2(Rotovirus vaksinasi og`iz orqali),penta-2(AKDS-2, VGV-3, XIB-2), pnevmo-2 |
4 оylik | OPV-3, penta-3(AKDS-3, VGV-4, XIB-3), IPV |
12 оylik | oylik KPK-1, pnevmo-3 |
16 оylik | OPV-4, AKDS-4 |
6 yosh | KPK-2 |
1 sinf (7 yosh) | OPV-5, ADS-M-5 |
12-13 yosh | VPCh |
16 yosh | ADS-M-6 |
Izox: VGV — gepatit Vga qarshi vaksina
OPV- poliomielitga qarshi vaksina
BSJ- silga qarshi vaksina
Rota- rotavirus vaksinasi-virusli diareyaga qarshi
KPK- qizamiq-parotit-qizilchaga qarshi
AKDS- difteriya-ko`kyo`tal-qoqsholga qarshi
Pentavalent-difteriya-ko`kyo`tal-qoqshol-gepatit V-xib infeksiyasiga qarshi
ADS-M- difteriya-qoqsholga qarshi vaksina
Pnevmo- pnevmokokk innfeksiyasiga qarshi vaksina
IPV- inaktivlangan poliomielit vaksina
VPCh- insondagi papilloma virusiga qarshi vaksina 12-13 yoshda faqat qizlar emlanadi.