
🥡 Osh tuzi inson uchun muhim ozuqaviy modda sanaladi. Chunki organizmdagi moddalar almashinuvini normallashtirish uchun kuniga Sog‘liqni saqlash vazirligi aytganidek, bir choy qoshiq — 5 gramm tuz iste’mol qilish lozim bo‘ladi. Bundan tashqari, yod tanqisligi kasalligining oldini olish uchun ham yodlangan osh tuzi juda muhim va zarur.