
💉Emlashlar sizning atrofingizdagi odamlarni ham himoya qiladi: do‘stlaringizni, aka-uka va opa-singillaringizni, shuningdek emlanishga tibbiy cheklovlari bo‘lgan surunkali kasalliklarga ega insonlarni.
👉Siz emlansangiz, virusning tarqalish ehtimolini kamaytirasiz.
☑️Emlashdan keyin organizmda yengil charchoq, qo‘lda og‘riq yoki biroz tana haroratining ko‘tarilishi kuzatilishi mumkin, bu odatiy holat, immunitet ishlayotganining belgisi hisoblanadi.
☑️Xulosa: emlash — bu o‘zingizning va atrofingizdagilarning sog‘lig‘iga qilingan sarmoyadir!
☑️Bugungi kichik qadamingiz —kelajakdagi sog‘lig‘ingiz uchun ulkan himoya vositasi hisoblanadi.