🔰Salatlarni saqlashda sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilish sog‘liq uchun muhim.

🔰Salatlarni saqlashda sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilish sog‘liq uchun muhim. Quyidagi qoidalarga amal qilish kerak:
1. Yuqori sifatli mahsulotlar ishlatish – Faqat yangi va sifati kafolatlangan mahsulotlardan foydalaning.

2. Qo‘llarni yuvish – Salat tayyorlashdan oldin va keyin qo‘llarni yaxshilab yuvish lozim.

3. Toza idish va asbob-uskunalar – Pichoqlar, taxtalar va boshqa idishlar toza bo‘lishi shart. Go‘sht va sabzavotlarni bir xil taxtada kesishdan saqlaning.
4. Yangi mahsulotlarni ajratib saqlash – Xom go‘sht va sabzavotlar alohida saqlanishi kerak.
5. Harorat nazorati – Tayyorlangan salatni xona haroratida uzoq vaqt qoldirmang, uni +2…+4°C haroratda muzlatkichda saqlang.
6. Saqlash muddati – Salatlar uzoq saqlanmaydi. Mayonez yoki sut mahsulotlari qo‘shilgan salatlar 12 soatdan oshmaydigan muddatda iste’mol qilinishi lozim.
7. Qopqoqli idishlardan foydalanish.