
✅Orttirilgan immun tanqisligi sindromi (OITS) – retrovirus guruhiga mansub virus qoʻzgʻatadigan kasallik boʻlib, ikki davrga boʻlinadi: OIV infeksiyasi va bevosita OITS (SPID) davri. OIV infeksiyasi davri odam organizmida virus bor, lekin kasallik alomatlari hali namoyon boʻlmagan davr. Virus deyarli bir vaqtda Parijda professor Lyuk Montanye hamda AQShda professor Gallo boshchiligidagi olimlar tomonidan kashf etilgan (1983-yil). Bu virus odamning immunitet tizimiga tanlab taʼsir koʻrsatadi, ayniqsa, SD4+ immun hujayralariga qirgʻin keltiradi.
✅Virus odam organizmiga tushgach, 2–3 kundan soʻng, 25–30% hollarda birlamchi infeksiya davriga xos alomatlar kuzatilishi mumkin. Bu „oʻtkir serokonversiya sindromi“ deb ataladi.