
Har yili kuz mavsumida gripp va o‘tkir respirator infeksiyalar (O‘RI) bilan kasallanish ko‘payib ketadi. Ayniqsa maktablarda, MTTlarda va odam ko‘p joylarda kasallik tez tarqaladi. Bu ba’zida og‘ir asoratlarga ham olib kelishi mumkin.
‼️Saqlanish uchun asosiy qoidalar:
✅Qo‘llarni tez-tez sovun bilan yuving, kerak bo‘lsa antiseptik ishlating.
✅ Xonani shamollatib turing, havoni nam qiling.
✅ Odam ko‘p joylarda yoki kasallik belgilari paydo bo‘lganda niqob taqing.
✅ Bemorlar bilan yaqin aloqada bo‘lmaslikka harakat qiling.
✅ Immunitetni mustahkamlang: vitaminli ovqat iste’mol qiling, yetarlicha uxlang, sport bilan shug‘ullaning.