OʻRVIda bolani uy sharoitida qanday davolash kerak?

OʻRVIda bolani uy sharoitida qanday davolash kerak?
✅OʻRVIga chalingan bemor farzandlarni uy sharoitida davolashda shifokor tavsiyasisiz, oʻzboshimchalik bilan amalga oshiriladigan notoʻgʻri muolajalar qator asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin.
✅Tana harorati 38,5 darajadan koʻtarilganda, paratsetamol yoki ibuprofen berish tavsiya etiladi. Ammo baʼzi ota-onalar tibbiyotdan yaxshi xabardor boʻlmagan tanishi, qoʻshnisini chaqirib, analgin, dimedrol, novokain qoʻshib mazkur aralashmani isitma tushirishda qoʻllashadi.
Bu mutlaqo mumkin emas. Analgin qonni suyultirib yuboradi. Dimedrol esa bolada yoʻtal paydo boʻlgan, bronxlari torayib qolgan paytda asoratlarni yanada kuchaytiradi.
-allergik yoʻtal, astma, yuqori nafas yoʻllarining yalligʻlanishi kuzatilayotgan bolalar bor xonalarda isiriq tutatish mumkin emas.
✅OʻRVI yoki gripp tashxisi qoʻyilgan bolani havo aylanmaydigan va nam xonada saqlash ham yaramaydi.