
🍖Zaharlanishga olib kelishi mumkin bo‘lgan mahsulot aniqlandi
Go‘sht mahsulotlarini sotib olishda rasmiy savdo nuqtalaridan yoki ishonchli do‘konlardan xarid qilish, mahsulotning veterinariya-sanitariya hujjatlari mavjudligiga, yaroqlilik muddati va ishlab chiqarilgan sanasiga e’tibor berish, shuningdek, mahsulotning sovutgichda saqlanganligiga ishonch hosil qilish zarur.
‼️Bugun Farhod dehqon bozorida Sanepidqo‘mitaning Uchtepa tumani bo‘limi mutaxassislari hamda Veterinariya-sanitariya ekspertizasi laboratoriyasi xodimlari bilan birgalikda organoleptik xususiyatlari o‘zgargan, zaharlanish holatini keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan 17 kg qiyma go‘sht mahsuloti aniqlanib, tegishli tartibda brakeraj qilindi.
🔔 Eslatib o‘tamiz, qayerda va qachon tayyorlangani noma’lum bo‘lgan yoki ochiq havoda, nazoratsiz sharoitda sotilayotgan tayyor qiyma go‘shtni sotib olmang.
⚡️ Sanepidqo’mita Axborot xizmati