QIZAMIQ NIMA?

Qizamiq — qizamiq virusi keltirib chiqaradigan og‘ir kasallik. U odamdan odamga juda oson yuqadi va kasallikning tarqalishiga olib kelishi mumkin. Vaksina ommalashgunchа, ko‘pchilik bolalik davrida qizamiq bilan kasallangan edi. Hozirda bu kasallik AQShda kamdan-kam uchraydi, biroq u hali ham ko‘p mamlakatlarda keng tarqalgan.
❓Qizamiq kimga yuqadi?
❗️Qizamiq bolalikdagi kasallik deb hisoblansa-da, u har qanday yoshdagi odamlarga yuqishi mumkin. Ko‘p hollarda emlanmagan chaqaloqlar, bolalar va o‘smirlarda uchraydi. Kattalarning yuqori xavf guruhiga kollej talabalarі, chet ellik sayyohlar va tibbiyot xodimlari kiradi.

❓Qizamiq qanday tarqaladi?

❗️Qizamiq — eng yuqumli kasalliklardan biridir. Qizamiq virusi havo orqali yoki kasallangan odamning burni yoki og‘zidan ajralmalar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa qilganda yuqadi. Qizamiq virusi qizamiq bilan kasallangan odam kirgan xona havosida 2 soatgacha saqlanishi mumkin.

❓Qizamiqning belgilari qanday?

❗️Qizamiq belgilari odatda ikki bosqichda namoyon bo‘ladi.
1️⃣-bosqichda ko‘pchilik odamlarda:
— isitma
— burun oqishi
— ko‘z qizarishi
— yo‘tal kuzatiladi
2️⃣-bosqich 3–7 kundan keyin boshlanadi:
— yuzda qizil dog‘li toshmalar paydo bo‘lib, butun tanaga tarqaladi
— toshmalar odatda 5–6 kun saqlanadi
— milk va og‘izning lunj shilliq pardasida “Koplik dog‘lari” deb nomlangan mayda oq dog‘lar paydo bo‘lishi mumkin

❓Kasallik yuqqandan keyin alomatlar qanchа vaqtdan keyin paydo bo‘ladi?

❗️Kasallik alomatlari qizamiq yuqqandan keyin 7–21 kun ichida, o‘rtacha 10 kundan keyin paydo bo‘lishi mumkin. Toshmalar odatda kasallik yuqqandan keyin 14 kun ichida paydo bo‘ladi.

❓Qizamiq qanday davolanadi?

❗️Davolash kasallik alomatlarini yengillashtirishga qaratiladi, chunki tana virus bilan kurashadi.
Davolashda:
— suyuqliklar
— isitma yoki og‘riqni nazorat qilish uchun dorilar
— bakteriyalardan ikkilamchi infeksiyalarni davolash uchun antibiotiklar
— A vitamini qo‘llaniladi