Gripp odamdan odamga havo tomchilari orqali, qo‘llar va turli sirtlarga teginish orqali yuqadi.

1️⃣Birinchi alomatlar paydo bo‘lishidan bir kun oldin, odam viruslarni atrof-muhitga chiqarishni boshlaydi — ya’ni u boshqalarga yuqumli bo‘ladi.
2️⃣Yo‘talayotganda yoki aksirganingizda, virusli so‘lak va shilliq tomchilar ikki metrgacha uchib ketishi mumkin.
3️⃣Gripp virusi obyektlarda qancha vaqt yashaydi?
— Havoda taxminan +22 ° C haroratda virus 2-9 soat, silliq narsalarda — 16 soatgacha yashaydi. — Inson qo‘lida — 5 daqiqagacha. Virusning terida qisqa umr ko‘rishiga qaramay, infeksiyani oldini olish uchun qo‘llar bilan yuzga teginmaslik tavsiya etiladi.
— Virus plastik yuzalarda 24-48 soat davomida yashaydi. Shuning uchun har kuni televizorning masofadan boshqarish pulti va bemor tez-tez ishlatadigan plastmassa bilan qoplangan boshqa buyumlarni antiseptiklar bilan artib turish tavsiya etiladi.