Virusli gepatitni erta aniqlang — sog‘lig‘ingiz o‘z qo‘lingizda!

Toshkent shahridagi markaziy ko‘p tarmoqli va oilaviy poliklinikalarda hozirda virusli gepatit B va C turlarini aniqlash bo‘yicha bepul skrining ishlari olib borilmoqda.

✅ Ekspress-test topshirish bepul. 18 yoshdan oshgan har bir fuqaro o‘z yashash manziliga yaqin poliklinikada tekshiruvdan o‘tishi mumkin.

🩸 Erta tashxis — samarali davolanish garovi! Sog‘lig‘ingizni bugunoq tekshirib, o‘zingizni va yaqinlaringizni asrang.

Sanepidqo’mita Axborot xizmati