
Joriy yilning 20–27-oktabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-maydagi PQ-158-son qaroriga asosan, mamlakatimizda “Aholini zilzilaga tayyorlash haftaligi” o‘tkaziladi.
Ushbu haftalikning asosiy maqsadi — yurtimizda seysmik xavfsizlikni ta’minlash, shuningdek, fuqarolarning zilzila vaqtida to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirishdan iborat.
Haftalik doirasida tuman san epid boʻlimi, mahallalar, ta’lim muassasalari, korxona va tashkilotlarda zilzilaga tayyorgarlik ko‘rishga qaratilgan o‘quv mashg‘ulotida qatnashdi.