
Maktabgacha ta’lim tashkilotida rejali nazorat ishlari amalga oshirildi.
📝Sariosiyo tumani san epid bo’limi xodimlari tomonidan tumandagi 35-sonli MTTda sanitariya qoida va me’yorlari talablari ijrosi yuzasidan o’rganish ishlari olib borildi.
🔎O’rganish ishlari davomida MTT ishchi xodimlarning o’z vaqtida tibbiy ko’rikdan o’tganlik xulosalari, tibbiyot xonasi hamda birinchi yordam uchun tashkil qilingan dori-darmonlar mavjudligi ko’zdan kechirildi.
Shuningdek, tarbiyalanuvchilar uchun mo’ljallangan kiyinish xonasida joriy tozalik ishlarining olib borilishi, jihozlarning sozligi, toza qo’llar boʻyicha hojatxonalarda gigiyena qoidalariga rioya qilinishi hamda qo’l yuvish moslamalari, oqava suv tizimining soz holatdaligi o’rganildi.