
Tuman hokimi Abduqodir Donayev tumanning Afrosiyob mahallasida joylashgan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limiga tashrif buyurib, hududlarni obodonlashtirish va yo‘lbo‘yi yashil maydonlarni parvarishlash, mavsumga mos daraxt, buta va gul ko‘chatlari ekish ishlarini ko‘zdan kechirdi.
Hashar jarayonida olib borilayotgan ishlar nafaqat atrof-muhitni obod qilishga, balki jamiyatimizda birdamlik va hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Bunday xayrli tashabbuslar yurtdoshlarimizning yurtga muhabbati, poklik va totuvlikka intilishi, jamiyatdagi ijtimoiy birdamlikni yana bir bor namoyon etmoqda.