
9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni
9-dekabr – BMT Bosh Assambleyasining tegishli qaroriga ko‘ra, har yili Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni sifatida keng nishonlanadi.
💸Korrupsiya – iqtisodiy jinoyat bo‘lib, u davlat boshqaruvi ochiqligini zaiflashtiradi, jamiyatda ishonchni pasaytiradi, tengsizlikni kuchaytiradi va barqaror rivojlanishga jiddiy to‘siq bo‘ladi. Shu sababli, ushbu sana butun dunyo mamlakatlarini ushbu xavfli illatga qarshi faol, tizimli va hamkorlikda kurashishga chaqiradi.
💸2004-yildan boshlab, mazkur kun munosabati bilan turli mamlakatlarda OAV orqali axborot berish, jamoatchilik o‘rtasida tushuntirish ishlarini kuchaytirish, davlat idoralarida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlashga qaratilgan tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.
Batafsil:👇👇👇
https://gov.uz/oz/sanepid/news/view/108934
⚡️ Sanepidqo’mita Axborot xizmati