
7-APREL BUTUNJAHON SALOMATLIK KUNI
👨🏫Olimlarning fikricha, inson sog‘lom turmush tarziga amal qilishi orqali 100-120 yoshgacha umr ko‘rishi mumkin ekan. Bu yoshga yetib yurish uchun, albatta, oziq-ovqat ta’minoti, dam olish, sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish, yashash va ishlash uchun yetarli shart-sharoit bilan ta’minlanishi kabi bir qator omillar muhim o‘rin tutadi.
🌐Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti salomatlikni belgilovchi omillarni quyidagicha tasniflaydi: inson salomatligining 10-15 foizi –ekologiya, 10-15 foizi – genetika, 10-12 foizi – tibbiyot tizimi darajasi, qolgan 55-60 foizi esa turmush tarziga bog‘liq.
✅1950 yildan beri har yili 7 aprelni dunyo hamjamiyati Butunjahon salomatlik kuni sifatida nishonlab kelayotgani bejiz emas.
✅ 1948 yil xuddi shu kuni Sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha assambleyaning Birinchi yig‘ilishida Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga asos solingan.