
Korrupsiyaga qarshi kurash — barchamizning mas’uliyatimiz!
Bugun Sariosiyo san epid boʻlimimizda xodimlar ishtirokida muhim yigʻilish boʻlib oʻtdi. Kun tartibidagi asosiy masala — faoliyatimizda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, shuningdek, korrupsion holatlarning har qanday ko’rinishiga qarshi keskin kurashish va uning oldini olishga qaratildi.
Yigʻilish davomida quyidagi muhim jihatlarga alohida e’tibor qaratdik:
🔹 Qonun ustuvorligi: Har qanday ish jarayonida huquqiy me’yorlarga qat’iy rioya etish va xizmat vazifalarini halol, vijdonan bajarish;
🔹 Shaffoflik muhiti: Fuqarolar bilan ishlashda ochiqlikni ta’minlash, sun’iy to’siqlar va sansalorlikka yo’l qo’ymaslik;
🔹 Shaxsiy daxldorlik:
Biz oʻz ish oʻrnimizda halollik va adolat tamoyillariga qat’iy tayanib ish olib borishga kelishib oldik.
Hech birimiz bu jarayonda chetda turmaylik — korrupsiyasiz kelajakni birgalikda quramiz!