Sariosiyo tuman san epid bo’limi mutaxassislari tumandagi maktablarga gigiyenik talablarni bajarilishi yuzasidan o’rganish olib borishdi.
Sog‘lom avlodni tarbiyalashda gigiyena talablari muhim o‘rin tutadi.
Maktabda quyidagi gigiyenik normalarga amal qilinishi lozim:

Sinfxonalar – yetarli darajada yorug‘ va shamollatilgan bo‘lishi kerak.

Ichimlik suvi – doimiy ravishda toza va ichishga yaroqli bo‘lishi zarur.

Sanitariya-gigiyena holati – hojatxonalar, yuvinish joylari va sinflar muntazam tozalanib turilishi kerak.

Mebellar – o‘quvchilarning yosh va gavdasiga mos bo‘lishi lozim.

Yoritish – o‘qish uchun qulay yorug‘lik miqdori bo‘lishi kerak (tabiiy va sun’iy).

Tibbiy nazorat – o‘quvchilar va xodimlar salomatligi doimiy tekshiruvdan o‘tishi lozim.
O’rganish davomida aniqlangan kamchiliklar bo’yicha ma’muriy chora ko’rildi.
Gigiyena – bu nafaqat tozalik, balki sog‘lom kelajak kafolati!