
24.01.2026-yil sanasida Sariosiyo tumanidagi 90-sonli umumta’lim maktabida Sariosiyo tuman Sanepid bòlimi Vrach epidemiologi Boboyeva Sh.Z va maktab jamoasi bilan davra suhbati tashkil etildi.
Eslatma: Gepatit «A» kasalligi òtkir yuqumli virusli jigar kasalligi bòlib asosan kichik yoshdagi bolalar kasallanishga moyil hisoblanadi. Bunda bolaning qorni og’rishi, grippga òxshash alomatlar va intoksikatsiya (qusish, kòngil aynishi ich ketishi) belgilari bilan namoyon bòladi. Kasallik maishiy-muloqot yòli orqali yuqishi sababli bir boladan keyingi bolaga tezda yuqish ehtimoli katta. Chunki shaxsiy, gigienaga rioya qilmaslik, toza ichimlik suvi ichmaslik va yuvilmagan oziq-ovqat mahsulotlarini istemol qilish kasallik rivojlanishiga sabab bòladi.