Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani Sanepidqo’mita «Billur» mahallasida “Viloyat Hokimini topshirig’i ” bilan mahallarda tadbirlar o’tkazimoqda. Aholi o‘rtasida yuqumli va yuqumli bo‘lmagan, parazitar kasalliklarning oldini olish yuzasidan soha xodimlari ishtirokida suhbat tashkil etildi. Suhbat davomida yuqumli kasalliklar jumladan gepat A,B C va parazitar kasalliklar, it va boshqa hayvonlardan jarohatlanganda nima qilish, ovqatdan zaharlanish, shu jumladan botulizm, brutsellyoz, sil kabi kasalliklar va ularning kelib chiqish sabablari, profilaktikasi bo‘yicha ma’lumotlar berildi. Shuningdek, mahallada joylashgan xonadonlarda dezinfeksiya ishlari o‘tkazilib, ichimlik suvi ta’minoti, kanalizatsiya tizimi, uy hayvonlari saqlanadigan joylarning holati bo‘yicha tavsiyalar berildi.