Davolash

💊Aksariyat hollarda maxsus davolash talab etilmaydi. Grippda suvsizlanishdan saqlanish uchun ko‘p suyuqlik ichish juda muhim (va ko‘p hollarda bu asosiy davolash usulidir). Boshqa chora-tadbirlar kasallik alomatlarini yengillashtiradigan dorilarni (harorat tushiruvchilar, burun tomchilari/spreylari va boshqalar) o‘z ichiga oladi.Gripp virusining ushbu dorilarga nisbatan qarshiligi allaqachon mavjud va shuning uchun uni davolashdan ko‘ra kasallikning oldini olish bilan shug‘ullanish yaxshiroqdir.
Hech qanday «immunostimulyator» va «immunomodulyator»ning grippni davolash bilan aloqasi yo‘q. Ularning na samaradorligi, na xavfsizligi tegishli tadqiqotlarda isbotlangan. Antibiotiklardan esa asoratlanmagan grippni davolashda foydalanmaslik kerak (chunki antibiotiklar virus bilan emas, balki bakteriyalar bilan kurashadi).