
🔰Go’zallik salonlari va sartaroshxonalariga qo’yiladigan gigiyenik talablar quyidagilarni o’z ichiga oladi:
1. Umumiy sanitariya talablari
Xonalar yaxshi yoritilgan, ventilyatsiya qilingan va toza bo‘lishi lozim.
2. Xodimlarning gigiyenasi
Sartarosh va go‘zallik saloni ustalari maxsus tibbiy ko‘rikdan o‘tishi va sanitariya kitobchasi bo‘lishi kerak.
Ishchilar shaxsiy gigiyenaga rioya qilishlari shart (qo‘llarni yuvish, maxsus kiyim kiyish, toza asboblardan foydalanish).
3. Ishlatiladigan qaychi, ustara, taroq, fen va boshqa asboblar har bir mijozdan keyin dezinfeksiya qilinishi lozim.
Bir martalik vositalar (sochiqlar, qog‘oz salfetkalar, qo‘lqoplar) ishlatilgandan keyin yo‘q qilinishi kerak.
4. Ish joylari har kuni dezinfeksiya qilinishi kerak.
Sariosiyo tumani san epid boʻlimi xodimlari tomonidan tumandagi Go‘zallik salonlarini bo’yicha olib borilayotgan ishlari.