MTTlarda ovqatlanishga qoyiladigan talablar.
✅Tarbiyalanuvchilarning sog‘lom ovqatlanishini tashkil etish maktabgacha ta’lim
tashkilotlarining oshxonalarida sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga
muvofiq shart-sharoitlar yaratilgan holda amalga oshiriladi.
✅Maktabgacha ta’lim tashkilotidagi oziq-ovqat mahsulotlari va tayyorlanayotgan
taomlar, shuningdek, ularda foydalaniladigan texnologik jihozlarning sanitariya qoidalari,
normalari va gigiena normativlariga mosligi, oshxona xodimlari tomonidan sanitariya-gigiena
tadbirlari bajarilishiga rioya etilishini aniqlash yuzasidan tasdiqlangan jadval asosida har oyda sanitariya holati o‘rganib borilishini ta’minlashdan iborat.
✅Maktabgacha ta’lim tashkilotida sog‘lom va xavfsiz ovqatlanishni tashkil etishning asosiy maqsadi tarbiyalanuvchilarining sog‘lom va barkamol o‘sishini ta’minlash,
oshxonalarda sifatli taomlar tayyorlash, taomlarni iste’mol qilish uchun gigienik talablarga
muvofiq sharoitlar yaratish hisoblanadi.
✅belgilangan sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga muvofiq holda
ovqatlanishini tashkil etish.Tarbiyalanuvchilarni sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan
ta’minlashdan iborat.
Quyidagilar maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil
etishning asosiy vazifalari hisoblanadi:
-tarbiyalanuvchilarning belgilangan sanitariya qoidalari, normalari va gigiena
normativlariga muvofiq holda ovqatlanishni tashkil etish;
-tarbiyalanuvchilarni sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash;
-oziq-ovqat mahsulotlari hamda taomlarning xavfsizligi va sifatini kafolatlash;
-tarbiyalanuvchilarda ovqatlantirish bilan bog‘liq yuqumli kasalliklarning tarqalishiga
yo‘l qo‘ymaslik;
-tarbiyalanuvchilar o‘rtasida sog‘lom ovqatlantirish ko‘nikmalarini shakllantirish;
-taomlarni tayyorlashda, oziq-ovqat mahsulotlarini qabul qilish hamda saqlashda
sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga qat’iy rioya qilish.
✅Tarbiyalanuvchilarni sog‘lom ovqatlantirishni sanitariya-gigiena tadbirlari va epidemiyaga
qarshi tadbirlar bajarilishiga qat’iy rioya qilgan holda tashkil etiladi. ✅Oshpazlar tomonidan taom
tayyorlash jarayonida texnologiya va texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilinishi muhim o‘rin
tutadi.
✅Taom tayyorlashni texnologiya asosida amalga oshirish, oziq-ovqat mahsulotlarini
sifatli qabul qilish, saqlash uchun zarur sharoitlar yaratish sog‘lom ovqatlantirishning asosiy
vazifalaridan biri hisoblanadi.
Taomnomaga muvofiq mahsulotlar to‘liq yetkazilishi va sarflanishini ta’minlash kerak.
✅Oshpazlar har uch yilda bir marta malakasini oshirgan, tibbiy ko‘rikdan o‘tgan holda ishga
qabul qilinadi.
✅Taomnoma tuzishda asosiy shartlardan biri taomlar xilma-xilligiga e’tibor berish hamda imkon qadar barcha turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini (go‘sht, baliq, va sut mahsulotlari, yangi
mevalar, sabzavotlar va boshqalar) taomlar tarkibiga kiritish, shuningdek taomlarni hafta
davomida takrorlanmasligini hisobga olishdan iboratdir. Bundan tashqari mahsulotlarni bir-
biriga mos kelishini hamda taomlarni bir-biriga bog‘iqligini (qo‘shila olishini) hisobga olish
muhim ahamiyatga ega.
✅Taomnoma tuzishni tushlikdan boshlash, chunki asosiy oziq-ovqat mahsulotlarining ko‘p qismi tushlikda sarflanadi. me’yordagi go‘sht mahsuloti to‘liq tushlikda, asosan ikkinchi taom uchun sarflanadi.
✅Yaxna taom sifatida ko‘proq turli xil sabzavotlardan (bodiring, pomidor, yangi karam,
sabzi, qizil lavlagidan va hakazo) ko‘kat qo‘shib tayyorlangan salatlardan foydalaniladi.
Salatlarga faqat o‘simlik yoki (makkajo‘xori, kungaboqar, zaytun) qo‘shiladi.
✅Maktabgacha ta’lim tashkilotida birinchi taomlarning turi keng bo‘lishi bilan birga ular
tarkibiga turli xil go‘sht, baliq, va tovuq, qaynatmalarida tayyorlangan sho‘rvalar kiritilishi
lozim.