😷CHANGLI HAVODAN HIMOYALANISH USULLARI.

😷CHANGLI HAVODAN HIMOYALANISH USULLARI.
chang–qum aralash havodan himoyalanish uchun shifokorlar tavsiyasi:

✔️Xona yoki inshootlarning pol va tokchalari, ular ichidagi buyum hamda ashyolarni nam latta bilan tozalab turing. Uy yoki bino ichiga, atrofiga suv solingan idishlar qo‘yish chang darajasini pasaytirishga xizmat qiladi.
✔️Derazalarni yopiq holda saqlang. Ayniqsa, kechasi va erta tongda eshik va oynalarni zichlab yoping!
✔️Ko‘proq suv iching!
Ochiq havoda harakat qilishni cheklang!
✔️Tez-tez dush qabul qiling!
✔️Og‘iz va burun bo‘shlig‘ini tuzli eritma bilan yuvib tashlang!
✔️Nafas olish tizimi kasalliklariga chalinganlar tibbiy niqobdan foydalanishlari va ularni har 2 soatda almashtirishlari zarur!
✔️Ko‘zlarni yuvish tavsiya etiladi.
✔️Tutunga to‘la xonalarda chekish xavfli. Chunki ifloslangan ob-havo hisobiga salomatligimizga yetadigan ziyon bir necha barobar oshib ketadi.