
🔰Yangicha mahallabay ishlash dasturi amalda
🏥Sariosiyo tuman Sanepid bo’limi hodimlari tomonidan tumandagi M.Ulug’bek mahallasi hududidagi ko’p qavatli uylarda yashovchi va hovlida yashovchi aholi bilan to‘g‘ri ovqatlanish, sog‘lomlashtirish mashqlari va sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qilish, yuqumli hamda parazitar kasalliklarni oldini olish, xonadonlarda sanitariya-gigiyenik jihatdan orastaligini ta’minlash bo‘yicha targʻibot-tashviqot ishlari o’tkazilmoqda hamda xonadon egalariga eslatmalar berib borilmoqda.Bu kabi targ’ibot tadbirlari belgilangan rejaga muvofiq davom etmoqda.