Maxsus joylar tashkil etilishi majburiy!
🇺🇿Go‘daklar va kichik yoshdagi bolalarni ona suti bilan oziqlantirish uchun maxsus joylar tashkil etilishi bolalar sog‘lig‘i va xavfsizligini ta’minlash uchun juda muhim.
🔝Maxsus joylar quyidagi maskanlarda bo‘lishi shart:
📌Davlat muassasalari
📌Avtovokzallar
📌Temir yo‘l vokzallari
📌Aeroportlar
📌Madaniy va ko‘ngilochar muassasalar
Agar alohida xona bo‘lmasa, sanitariya-gigiyena talablariga javob beradigan maxsus joy ajratilishi kerak.
⚡️ Sanepidqo’mita Axborot xizmati