🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi Alimentarius Kodeksi Komissiyasining 48-sessiyasida ishtirok etmoqda

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi Alimentarius Kodeksi Komissiyasining 48-sessiyasida ishtirok etmoqda

O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi joriy yilning 10–14 noyabr kunlari Italiya poytaxti Rim shahrida bo‘lib o‘tayotgan Alimentarius Kodeksi Komissiyasining 48-sessiyasida qatnashmoqda. Tadbir BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) bosh binosida o‘tmoqda.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) hamda Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining (JSST) Maqsadli jamg‘armasi ko‘magida amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda Alimentarius Kodeksining barqaror faoliyati uchun milliy salohiyatni mustahkamlash” loyihasi doirasida tashkil etilgan ushbu tashrifda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari N.Atabekov va O‘zbekistonda Alimentarius Kodeksi bo‘yicha mas’ul shaxs A.Shukurovlar ishtirok etishmoqda. Loyiha mamlakatimizda Alimentarius Kodeksi standartlari asosida oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini ta’minlash sohasidagi milliy salohiyatni oshirish, shu orqali O‘zbekistonning xalqaro nufuzi va jozibadorligini mustahkamlashga qaratilgan.

➡️ Sessiya davomida delegatlar Kodeksning yordamchi organlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar natijalarini muhokama qilmoqda. Yig‘ilishda yuzlab Kodeks matnlari ko‘rib chiqilib, Komissiya e’tiboriga taqdim etilgan masalalar hamda 2026–2031–yillarga mo‘ljallangan strategik reja muhokama qilinmoqda.

Batafsil:👇👇👇
https://gov.uz/oz/sanepid/news/view/101820

⚡️Sanepidqo`mita Axborot xizmati